16:53 / 21.04.2022
1 024

Italiyada pitssaxo‘r ayiq novvoyxonaga bostirib kirib, barcha pechenelarni yeb qo‘ydi

Italiyada pitssaxo‘r ayiq novvoyxonaga bostirib kirib, barcha pechenelarni yeb qo‘ydi
Foto: Unsplash
Italiyada mahalliy aholi Xuan Karrito deya laqab bergan ikki yoshli qo‘ng‘ir ayiq o‘zining sevimli novvoyxonasi joylashgan Rokkarazo shaharchasiga qaytib keldi, deb xabar beradi Insider.

«Mayella» milliy bog‘ining ma’lum qilishicha, shirinlikxo‘r ayiqni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish missiyasi barbod bo‘lgan. Uni 2021 yilda Rokkarazodagi novvoyxonaga bostirib kirib, pechenelarning barchasini yeb qo‘yganidan so‘ng, yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishga qaror qilingandi.

Bunga qadar Xuan Karrito tez-tez shahar ko‘chalarida sayr qilib yurganini ko‘rib turishgan. Shu kabi sayrlarda u odatda chiqindi idishlardagi pitssalarni yeyayotgan va fontandan suv ichayotgan bo‘lgan.

Novvoyxonaga bostirib kirgan ayiqni tutib, uxlatib qo‘yishgan va «Mayella» milliy bog‘ining bir chekkasiga olib borib tashlashgan. Oradan 18 kun o‘tgach u Rokkarazoga qaytishga qaror qilgan. Buning uchun u 160 kilometr yo‘l bosib kelgan.

Xuan Karrito — bu Apennin qo‘ng‘ir ayig‘i bo‘lib, juda noyob tur hisoblanadi. Ushbu hayvonlar Apennin tog‘larida yashaydi. Hayvon himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, yovvoyi tabiatda ushbu tur vakillaridan 60 ta qolgan, xolos.

«Ayiq shaharda yashagani uchun tabiat unga yomon, chunki Rokkarazoda qolish, faollik, odamlar va boshqa hayvonlar u uchun tabiiy hisoblanadi», — deydi «Mayella» milliy bog‘i prezidenti Lusio Zazzara.

Bundan tashqari, hayvon himoyachilari va aholi o‘rtasida ham ayiqning ushlanib, tabiatga qo‘yib yuborilishiga qarshi chiqqanlar bo‘lgan. Qariyb 2,5 ming imzo yig‘gan petitsiyada ta’kidlanishicha, Rokkarazo kommunasi Karritoni «o‘zlaridan deb hisoblaydi».

WWF’ning Italiya bo‘limi o‘z navbatida ayiq uchun shahardagi sharoitni tanqid qilgan. Uning uchun «elementar choralar ko‘rilmagan», jumladan, ovqat, ko‘chada yotoq, himoyalanmagan chiqindi idishlari va ayiqni taqib qilishda itlardan foydalanish.

«Agarda uni qoldirish haqida gap ketayotgan bo‘lsa, biz shaharni ayiq bilan mobil telefoni orqali suratga tushadigan turistlar uchun sirkka aylantirmay, u hududlarimizni xavfsiz va tabiiy usulda harakatlanishini ta’minlashimiz kerak», — deydi WWF Italiya vitse-prezidenti Dante Kazerta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada pitssaxo‘r ayiq novvoyxonaga bostirib kirib, barcha pechenelarni yeb qo‘ydi