Odam bilan do‘stdek munosabatda bo‘lib quchoqlaydigan ayiq tarmoqlarni larzaga soldi (video)

Rossiyalik hayvonlar murabbiyi Pavel Vyakin va Tom ismli ulkan ayiq o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Pavel sirkda parvarish qilish imkoni bo‘lmagan ikki oylik ayiq bolasini o‘z qaramog‘iga olgan. Shundan so‘ng u Tomni boqib, parvarish qilgan. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida o‘ziga xos yaqinlik shakllangan.
Bugun yuzlab kilogramm vaznga ega Tom o‘zining muloyim xatti-harakatlari bilan e’tibor qozonmoqda. Ayiq va uning qarovchisi birga vaqt o‘tkazib, o‘ynaydi. Ba’zan Tom old panjalari bilan Pavelni quchoqlagandek harakatlar ham qiladi.
Ularning samimiy munosabatlari ko‘pchilikni hayratga solmoqda. Kichikligidan inson qo‘lida ulg‘aygan ayiqning qarovchisiga bo‘lgan munosabati inson va yovvoyi hayvonlar o‘rtasidagi aloqaga yana bir bor e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, ayiq yirik va xavfli yovvoyi hayvon ekanini unutmaslik kerak. U muloyim ko‘rinsa ham, uning xatti-harakatlarini oldindan aytish qiyin.































Izohlar 0
…