Turkiyada ona ayiq va bolasining otib o‘ldirilishi katta norozilikka sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2
Turkiyada ona ayiq va bolasining otib o‘ldirilishi katta norozilikka sabab bo‘ldi

Turkiyaning Anqara viloyati Qiziljahamom tumanidagi So‘g‘uksu milliy bog‘ida «Kar» nomi bilan tanilgan ona qo‘ng‘ir ayiq va uning bolalaridan biri otib o‘ldirildi. Voqea jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Aydinlik xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kar ismli ona ayiq uchta bolasi bilan birga yashagan. Ular tez-tez aholi yashash hududlariga tushib, chiqindi qutilaridan oziq izlagan. Bu holat odamlar xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkinligi bilan izohlangan.

Shundan so‘ng ona ayiq va uning bolalaridan biri o‘qotar qurol bilan otib o‘ldirilgan. Qolgan ikki ayiq bolasi esa qochib qutulgan.

Turkiya OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mazkur harakat Tabiatni muhofaza qilish va milliy bog‘lar boshqarmasi roziligi hamda uning mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshirilgani aytilmoqda. Biroq ushbu holat yuzasidan rasmiy idoralarning batafsil izohi hozircha e’lon qilinmagan.

Voqea Turkiya parlamenti kun tartibiga ham olib chiqildi. DEM partiyasi deputati Perixan Ko‘ja mamlakat qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziridan ona ayiq va uning bolasini otishga kim ruxsat bergani, bu qarorning huquqiy asosi nimadan iboratligi hamda mas’ullarga nisbatan tergov boshlangan-boshlanmagani haqida izoh talab qildi.

Shuningdek, deputat onasiz qolgan ikki ayiq bolasining xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilayotganiga ham oydinlik kiritishni so‘radi.

Mazkur voqea ortidan «O‘ldirilgan ona ayiq va uning bolasi uchun adolat!» nomli petitsiya ham boshlandi. Hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotlar esa hodisani to‘liq o‘rganish va qonunbuzarlik aniqlangan taqdirda aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?