Mobiuz $351 mln evaziga sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Mobiuz mobil operatoridagi davlatga tegishli 100 foiz ulush sotilganini rasman ma’lum qildi. Kelishuv qiymati 351 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Mobiuz kompaniyasini AQSHning McKim and Company kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium xarid qilgan. Bu bitim O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda.
Yangi investorlar Mobiuz faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va kompaniya infratuzilmasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda kelgusida qo‘shimcha ravishda 500 million AQSH dollarigacha investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.
Kutilmoqdaki, ushbu sarmoyalar mobil aloqa xizmatlarini modernizatsiya qilish, tarmoq imkoniyatlarini yaxshilash va raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.


























Izohlar 0
…