Isroil soliq idorasi kriptovalyuta boʻyicha ixtiyoriy hisobotlardan norozi

Isroil soliq idorasi kriptovalyuta boʻyicha ixtiyoriy hisobotlardan norozi
Audio versiyasi

Isroil soliq organi kriptovalyutalardan olingan foydani ixtiyoriy ravishda deklaratsiya qilish jarayoni kutilgan natijani bermayotganidan xavotirda. Hukumat hisobotlarini toʻgʻrilagan shaxslarga jinoiy javobgarlikdan daxlsizlik huquqini bergan boʻlsa-da, soliq toʻlovchilarning faolligi pastligicha qolmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Globes nashrining xabar berishicha, Isroil rasmiylari 2025-yil avgustigacha amal qiladigan “ixtiyoriy oshkor qilish” siyosati doirasida 1 milliard dollargacha soliq tushumini kutishgan edi. Biroq, hozirgi kunga qadar kripto-kapitaldan olingan daromadlar boʻyicha hisobotlar kutilgan summaning juda kichik qismini tashkil etmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, soliq idorasi jami 50 million dollarlik kripto aktivlar haqida hisobot olgan, vaholanki, hisobot berilmagan mablagʻlar miqdori milliardlab dollarni tashkil etishi mumkin.

Soliq boʻyicha mutaxassis Iftach Simhonyning soʻzlariga koʻra, jarayonda anonimlikning yoʻqligi asosiy toʻsiq boʻlmoqda. Agar soliq toʻlovchilar uchun xavf darajasi yuqori boʻlmasa va tartib-taomil boshlangʻich bosqichda aniqlik yoki anonimlikni kafolatlamasa, ixtiyoriy ravishda maʼlumot berishga boʻlgan ragʻbat susayadi. Hozirga qadar faqat 58 nafar shaxs ushbu tartibdan foydalangan holda oʻz soliq hisobotlarini tuzatishga uringan.

Isroil bankining 2024-yilning birinchi yarmi uchun moliyaviy barqarorlik hisobotiga koʻra, mamlakat fuqarolari taxminan 1 milliard dollar qiymatidagi kripto aktivlarga egalik qiladi. Shu bilan birga, AQSH Kongressi aʼzolari ham kichik kripto tranzaksiyalarini IRSga hisobot berishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi PARITY Act qonun loyihasini koʻrib chiqmoqdalar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar