Toshkentda elektromobilning yonib ketishi yana muhokamalarga sabab bo‘ldi

Toshkentda elektromobilning yonib ketishi yana muhokamalarga sabab bo‘ldi

Bugun ertalab Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Zeekr 001 rusumli elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari tezkor yetib kelgan. Qutqaruvchilar yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Foydalanuvchilar esa bu Toshkent va uning atrofida elektromobillar bilan bog‘liq ilk yong‘in holati emasligini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar