Nima uchundir ba’zi odamlar bo‘sh vaqtlarini hamisha sport zallarida o‘tkazsa ham oza olmaydi, ba’zi baxtli odamlar esa sport bilan shug‘ullanmasa ham baribir ozg‘in bo‘ladi. Bunda energetik metabolizm tezligi juda katta rol o‘ynaydi. Keling, qanday mashqlar metabolizmni tezlashtirishini ko‘rib chiqamiz.
Sovuq yordam beradi
Organizmimiz odatdagi o‘rtacha ob-havoda tana haroratini me’yorida tutib turishga eng yuqori kaloriya sarflaydi. Havo haroratining 10-15 daraja pasayishi esa kaloriya sarfini 2-3 marta oshiradi.
Suv muolajalari
Agar siz suv ichida suzmasdan turgan bo‘lsangiz ham, u organizmni nafaqat ichkaridan, balki tashqaridan ham kaloriya sarflashga majbur qiladi. Odatda suv tana haroratidan sovuqroq va havoga qaraganda zichligi kattaroq bo‘lgani uchun uning ichida kaloriya tezroq sarflanadi.
Oddiy harakatlar
Shunga qaramasdan, bizga ozish uchun baribir harakat yordam beradi. Hatto mushaklarning ahamiyatsiz qisqarishi yoki qaysidir holatda ishlash ham sezilarli darajada energiya sarflanishini oshiradi.
Qaysi kundalik mashg‘ulotlar ozishga yordam beradi?
Uy ishlari: Odatdagi yig‘ishtirishga bir soatda 150–250 kkal sarf bo‘ladi. Agar siz oyna, qandil yuvish va mebellarni surish bilan bo‘ladigan tozalash ishlarini bajarsangiz bir soatda kamida 300 kkal energiya sarflaysiz.
Shoping: Ayniqsa kaloriya sarflash uchun supermarketlarda aylanib yurish foydali, bunda siz bir soatda 200–250 kkal yo‘qotasiz.
Kutilmaganda
- Agar siz yurib gaplashishga odatlangan bo‘lsangiz, u holda mobil telefonida gaplashish 5 daqiqada 15–20 kkal oladi.
- Rasm chizish, kashta tikish va boshqa ijodiy mashg‘ulotlar bir soatda qo‘shimcha 50–100 kkal energiya talab qiladi.
- Hissiy qayg‘urish modda almashishini 5–10% ga oshiradi. Shuning uchun ko‘pchilik sevib qolsa yoki ajralishayotganda ozib ketadi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi