Ko‘pchilik bilmaydi: semirtirmaydigan 15 foydali mahsulot ochiqlandi

Ko‘pchilik bilmaydi: semirtirmaydigan 15 foydali mahsulot ochiqlandi

Aksariyat insonlar mazali taomlardan o‘zini cheklamasdan vazn nazoratiga erishish qiyin, deb o‘ylaydi. Ammo kundalik ratsionga mazali va foydali mahsulotlarni qo‘shish ham mumkin. Tabiat in’om etgan turli meva-sabzavotlar, o‘simliklar va dengiz mahsulotlari sog‘lom ovqatlanish tartibini saqlashga yordam beradi.

Quyida kaloriyasi nisbatan kam — 100 kilokaloriyagacha bo‘lgan 15 xil mahsulot bilan tanishamiz. Albatta, har qanday mahsulotni ham me’yorda iste’mol qilish muhim.

Sarsabil

Sarsabil ham sabzavot, ham manzarali ekin sifatida tanilgan bo‘lib, O‘zbekiston tabiatida uning ikki turi uchraydi. Taxminan 5 dona yirik sarsabilning umumiy ozuqaviy qiymati 20 kilokaloriyani tashkil etadi. Uni turli souslar bilan birga iste’mol qilish mumkin, ammo sousning tarkibidagi qo‘shimcha kaloriyalarni ham hisobga olish lozim.

Edamame loviyasi

Edamame — yashil rangli, pishmagan loviya novdasining bir turi. U oqsil, Ye vitamini va kletchatka kabi muhim ozuqaviy moddalarga boy.

Taxminan 100 gramm edamameda 63 kilokaloriya, 4,7 gramm oqsil, 6,3 gramm uglevod va 2 gramm yog‘ mavjud. Sharq mamlakatlarida uni soya sousi bilan iste’mol qilishadi. Biroq qo‘shimcha souslar taomning kaloriyasini oshirishi mumkin.

Dengiz chig‘anoqlari

4–5 dona yirik dengiz chig‘anog‘ining ozuqaviy qiymati taxminan 89 kilokaloriyani tashkil etadi. Unda 17 gramm oqsil, 2,7 gramm uglevod va 0,9 gramm yog‘ mavjud.

Krevetkalar

Qisqichbaqasimonlarning ushbu mayda turi ham kaloriyasi kam mahsulotlardan biri hisoblanadi. 100 gramm krevetkada 85 kilokaloriya, 20 gramm oqsil, 0,5 gramm yog‘ va 0 gramm uglevod bor.

Shu bilan birga, krevetkani yog‘da qovurish uning umumiy kaloriyasini sezilarli oshirishi mumkin.

Malina

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan malina ham parhezbop rezavorlar qatoriga kiradi. 100 gramm malinada taxminan 50 kilokaloriya mavjud. Uning tarkibida 1,4 gramm oqsil, 12 gramm uglevod va 0 gramm yog‘ bor.

Qulupnay

Qulupnay ham kaloriyasi nisbatan kam bo‘lgan xushta’m mevalardan. 100 gramm qulupnayning energetik qiymati 36 kilokaloriyani tashkil etadi.

Ananas

100 gramm ananas, ya’ni taxminan bir piyola tozalangan ananas bo‘laklarida 57 kilokaloriya bor. Konservalangan va yangi uzilgan ananasning energetik qiymati hamda foydali xususiyatlari bir-biridan farq qilishi mumkin.

Kivi

Bir dona katta kivida taxminan 61 kilokaloriya mavjud. Uning tarkibida apelsinga nisbatan ko‘proq S vitamini borligi ta’kidlanadi.

Selderey

O‘rtacha 2 shox selderey tarkibida 0,7 gramm oqsil, 3 gramm uglevod va 0,2 gramm yog‘ bo‘lib, umumiy energetik qiymati 17 kilokaloriyani tashkil etadi. Mazkur ko‘kat metabolizmni yaxshilash xususiyati bilan ham mashhur.

Mayda navli sabzi

Mayda navli sabzi odatiy sabzavotdan katta farq qilmaydi. Uning asosiy qulayligi — iste’mol qilish osonligi va tozalashni talab qilmasligidir. 10 dona kichik sabzining umumiy energetik qiymati 41 kilokaloriyaga teng.

Qaynatilgan tuxum

1 dona qaynatilgan tuxumda taxminan 70 kilokaloriya mavjud. U 12 gramm oqsil, 10 gramm yog‘ va 0 gramm uglevodni o‘z ichiga oladi.

Qizil loviya

Qizil loviya parhezshunoslar tomonidan tez-tez tavsiya qilinadigan to‘yimli mahsulotlardan biri. 100 gramm qizil loviyada 85 kilokaloriya mavjud.

Yunon yogurti

Tayyorlash texnologiyasi oddiy yogurtdan farq qilgani sababli, yunon yogurti nisbatan kam kaloriyali mahsulot sanaladi. Shakar qo‘shilmagan 100 gramm yunon yogurtining energetik qiymati 100 kilokaloriyaga teng.

Qizil olma

100 gramm qizil olmaning tarkibida 53 kilokaloriya mavjud. Manbada 12,3 gramm oqsil, shuningdek, yog‘ va uglevod ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Tarvuz

Suvga boy va xushta’m tarvuz ham kam kaloriyali mahsulotlar qatorida tilga olinadi. 200 gramm tarvuz tarkibida taxminan 42 kilokaloriya mavjud.

Ushbu poliz mahsulotini odatda kech yoz va kuz faslida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Tarvuz, boshqa mahsulotlar kabi, kundalik ratsionda me’yor asosida iste’mol qilinsa, sog‘lom ovqatlanish tartibining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar