Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston tarixda ilk marotaba 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi. Bu haqda Moliya vazirligi London fond birjasiga tayanib ma’lumot berdi.
Xabar qilinishicha, qarz obligatsiyalarini yopish muddati 2024 va 2029 yil fevral oylari etib belgilangan.
O‘zbekiston avvaliga obligatsiyalar daromadliligini 5,625 — 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilagan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, ular 4,75% va 5,3% gacha tushirildi.
Joylashuv talabga javob beradigan va yaxshi diversifikatsiya qilingan bo‘lib chiqdi, chunki institutsional investorlardan 3,8 milliard $ lik 150 ga yaqin taklif qabul qilindi.
Jo‘g‘rofiy nuqtai nazardan britaniyalik investorlar 5−10 yillik obligatsiyalarning 39% va 32 foizini, amerikaliklar 23% va 31 foizini xarid qildilar. Kontinental Yevropa investorlari 32% va 37 foiziga ega bo‘ldilar, qolgan 6% va 10 foizi esa Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika investorlari tomonidan sotib olindi.
Obligatsiyalarning aksariyatini (75% va 78%) boshqaruv fondlari, sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari (20% va 16%) hamda banklar (5−6%) xarid qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi