Ijtimoiy tarmoqlarda FHDYO organlari tugatilarmish degan mish-mishlar tarqaldi. Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
«Hozirgi kunda nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYO bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDYO bo‘limlari tomonidan esa 4 ta (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.
Aslida, Nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDYO organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.
Hozirgi kunda, FHDYO organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDYO organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan.
Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYO bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad esa adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash, binolardan unumli foydalanishdir», deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas