13:00 / 28.07.2022
1 328

Toshkent shahrida 6 oyda necha kishi korrupsiyaviy jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida 6 oyda necha kishi korrupsiyaviy jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi
Akbarali Turobov
27 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turobov sohalar bo‘yicha tahlillarga to‘xtalib, korrupsiyaga oid ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha shaxslar haqida ham ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra 2022 yilning 6 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ta’lim tizimining 17 nafar, sog‘liqni saqlash sohasining 11 nafar, banklarning 3 nafar xodimi korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Brifingda sudlar tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 6 489 nafar shaxsga nisbatan 5 274 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangani ma’lum qilindi. Chunonchi, sudlanganlarning 541 nafarini ayollar, 146 nafarini voyaga yetmaganlar, 2384 nafarini yoshlar, 115 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 47 nafarini chet el fuqarolari va 5 nafarini tadbirkorlar tashkil etgan.

Sudlangan shaxslarning 485 nafariga jarima, 1271 nafariga axloq tuzatish ishlari, 1113 nafariga ozodlikni cheklash, 1871 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 53 nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 185 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Muqaddam sudlangan 1186 nafar shaxs tomonidan takroran jinoyat sodir etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida 6 oyda necha kishi korrupsiyaviy jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi