13:54 / 20.10.2022
1 277

Jizzaxda teplovoz yuk mashinasini urib yuborib, temir yo‘l izidan chiqib ketdi

Jizzaxda teplovoz yuk mashinasini urib yuborib, temir yo‘l izidan chiqib ketdi
Foto: «Xabardor.uz»
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida temir yo‘lga chiqib ketgan yuk mashinasini teplovoz urib yuborgani haqida xabarlar taraldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 oktabr kuni soat 00:25 da Jizzax viloyati FVB Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «U.Xatamov» MFY hududida harakatlanib ketayotgan Shacman yuk mashinasi Jizzax-2 Chamanzor temir yo‘l bekatlar oralig‘ining 3550 kilometrida harakatlanib ketayotgan teplovoz yo‘liga chiqib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan.

Jizzax IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida ro‘y bergan ushbu hodisaga yuk mashinasi haydovchisining yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay yo‘lning chap tarafidan hamda svetoforning qizil chirog‘i taqiqiga qaramasdan harakatlangani sabab bo‘lgan. Oqibatda teplovoz izdan chiqib ketgan, yuk mashinasi esa ag‘darilgan.

Yuk mashina haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, teplovozning ikki nafar mashinistiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat