Aliment qarzdorligi bartaraf etildi

Aliment qarzdorligi bartaraf etildi
Qisqacha

Sud jarayoni davomida 2 nafar qarzdor aliment bo'yicha yig'ilgan qarzdorlikni to'liq to'ladi. Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tuman bo'limi aliment majburiyatini vaqtida bajarmagan qarzdorlarga avval tushuntirishlar berdi. Qarzdorlik bartaraf etilmagach, ularning harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda sudda ko'rib chiqish uchun yuborildi. Natijada ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorlik tugatilib, ijro ishlari yakunlandi.

Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirishga oid ijro ishlari doirasida aliment majburiyatini o‘z vaqtida bajarmagan 2 nafar qarzdorga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarga aliment majburiyatini bajarish, farzand ta’minoti uchun belgilangan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berilganiga qaramay, qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Shundan so‘ng, qonunchilikda belgilangan tartibda 2 nafar qarzdorning harakatlari sudda ko‘rib chiqilishi uchun yuborildi. Sud jarayoni davomida qarzdorlar o‘z majburiyatini bajarib, alimentdan yig‘ilgan qarzdorlikni to‘liq to‘ladilar.

Natijada, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik bartaraf etilib, qonunchilikda belgilangan tegishli asosga ko‘ra ijro ishlari tugatildi.

Farzand ta’minoti — kechiktirib bo‘lmaydigan majburiyat. Alimentni o‘z vaqtida to‘lash nafaqat qonuniy majburiyat, balki farzandning munosib ta’minoti va kelajagi uchun muhim mas’uliyatdir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar