Qarzdorlik evaziga avtotransport vositalari xatlandi

Qarzdorlik evaziga avtotransport vositalari xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvidagi ijro hujjati doirasida qarzdor MCHJga tegishli mol-mulkni xatlash chorasi ko‘rildi.

Ijro harakatlari davomida korxonaga qarashli «Kamaz» rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlovga olindi.

Mazkur chora qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish va ijro hujjati talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvida “Xalq banki” foydasiga kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Qarzdorlik evaziga avtotransport vositalari xatlandi

Xuddi shunday, ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «Nexia 3» rusumli avtomashina Sharof Rashidov tumanidagi “Ko‘rpasoy” MFY hududidan aniqlandi.

Avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Bu chora kredit qarzdorligini qonunchilikda belgilangan tartibda undirishga qaratilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar