Jizzaxda o‘quvchining boshiga tayoqcha bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

1 daqiqa o'qish23
Jizzaxda o‘quvchining boshiga tayoqcha bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisining boshiga ko‘rsatkich tayoqcha bilan urib, unga tan jarohati yetkazdi. Holat yuzasidan viloyat Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea ortidan shu kunning o‘zida o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek, maktab direktoriga nisbatan ham intizomiy chora ko‘rilgan. Unga Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-bandiga muvofiq, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Viloyat boshqarmasi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish, ular uchun xavfsiz hamda sog‘lom muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

“Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish, ular uchun xavfsiz hamda sog‘lom ta’lim muhitini yaratish ustuvor vazifalardan biridir. O‘quvchilarga nisbatan har qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holatlar ta’lim tizimi tomonidan qat’iy qoralanadi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?