Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “Neksiya” mashinasi “Damas” bilan to‘qnashgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 13 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 17:00 larda, Sh.Rashidov tumani “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tgan 4R-37 avtomobil yo‘lida 24 yoshli haydovchi “Neksiya” mashinasini Jizzax-Zafarobod yo‘nalishida boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.
So‘ng ro‘paradan, o‘z yo‘lidan kelayotgan 37 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Damas” bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu hodisa yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi