Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida an’anaviy xalqaro asal festivali boshlandi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimligi, Turizm qo‘mitasi, Germaniyaning GIZ tashkiloti vakillari so‘z olib, tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini qutladi.
Uchinchi bor o‘tkazilayotgan festivalda 200 dan ziyod asalarichilar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.
Ular orasida O‘zbekistonning turli shahar va viloyatlari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya vakillari ham bor.
Festivalning ochilish marosimida so‘z olgan mutasaddilarning qayd etishicha, O‘zbekistondan eksport qilinayotgan asalari paketlarining qariyb 60 foizi Namangan viloyati ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Jumladan, joriy yil 171 ming dona asalari paketi eksport qilingan bo‘lsa, shuning 100 ming donasi Namangandan yuborilgan.
2024 yilning o‘tgan muddati davomida viloyatda 4200 tonna asal yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich yiliga o‘rtacha 10 foizga oshib bormoqda, tayyorlangan mahsulotlar esa Qozog‘iston, Xitoy va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.
Uch kun davom etadigan festival doirasida asalarichilikka bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, sport tadbirlari, konsertlar, mahorat darslari va turli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi