Vetnamlik sayyoh: “Men O‘zbekistonni hamon yaxshi ko‘raman”

Avvalroq O‘zbekistonda mast erkak yo‘lini to‘sgani bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgan vetnamlik sayyoh voqeadan keyin ham mamlakatimiz haqidagi fikri o‘zgarmaganini bildirdi. U sayohati davomida mahalliy aholining samimiyligi va mehmondo‘stligidan mamnun ekanini aytdi.
Sayyohning ta’kidlashicha, odamlar unga iliq munosabatda bo‘lib, yaxshi kutib olishmoqda.
“Bugun odamlar juda samimiy. Ular meni yaxshi kutib olishmoqda, salom berishmoqda. Hatto bugun ertalab menga tort ham berishdi”, — deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi u.
Shuningdek, Turizm qo‘mitasi xorijlik mehmon bilan bog‘lanib, uning safarini davom ettirishiga ko‘maklashayotganini ma’lum qildi.
Sayyohning ushbu fikrlari noxush voqeaga qaramay, uning O‘zbekiston va mahalliy aholiga munosabati ijobiyligicha qolganini ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…