O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz davlatlar reytingida 27-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish1
O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz davlatlar reytingida 27-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2027 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar xalqaro reytingida yuqori natija qayd etdi. CEOWORLD Magazine nashri e’lon qilgan Travel Safety Ranking 2027 reytingida mamlakat 198 ta davlat va hudud orasida 81,03 ball bilan 27-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston «juda yuqori xavfsizlik» (Very High) toifasiga kiritildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyo miqyosida ham sayohat xavfsizligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga erishgan mamlakatlardan biri sifatida qayd etildi. Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu natijani mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda xorijiy sayyohlar uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlarning xalqaro e’tirofi sifatida baholadi.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingda qanday o‘rin oldi?

Mintaqaning boshqa mamlakatlari ham reytingda yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan:

  • Qozog‘iston — 44-o‘rin;

  • Turkmaniston — 57-o‘rin;

  • Qirg‘iziston — 65-o‘rin;

  • Tojikiston — 73-o‘rin.

Shu tariqa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Dunyoning eng xavfsiz davlatlari o‘ntaligi

CEOWORLD Magazine reytingining dastlabki o‘ntaligidan quyidagi davlatlar joy oldi:

  1. Singapur — 89,72 ball;

  2. Yaponiya — 88,91 ball;

  3. Islandiya — 88,73 ball;

  4. Sloveniya — 88,63 ball;

  5. Shveysariya — 88,47 ball;

  6. Chexiya — 86,63 ball;

  7. Finlyandiya — 86,50 ball;

  8. Avstriya — 86,49 ball;

  9. Portugaliya — 86,17 ball;

  10. Tayvan — 85,44 ball.

Reytingning eng quyi pog‘onasidan Gaiti joy olgan — mamlakat 12,98 ball to‘plagan. Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Yaman va Rossiya ham sayohat xavfsizligi past deb baholangan davlatlar qatoridan o‘rin olgan.

Xalqaro tinchlik reytingida ham yuqori natija

O‘zbekistonning xavfsizlik borasidagi natijalari boshqa xalqaro tadqiqotlarda ham aks etgan. Xususan, 2026 yilgi Global Peace Index reytingida mamlakat 163 davlat orasida 37-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lgan.

Shuningdek, AQSH Davlat departamenti 2026 yil 26 yanvarda yangilangan tavsiyasida O‘zbekistonga sayohat qilishni birinchi xavfsizlik darajasida baholagan. Departament O‘zbekistonni AQSH fuqarolari uchun, umuman olganda, xavfsiz yo‘nalish sifatida ta’riflagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?