13
O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalardan odamlar sog‘lig‘i yanada yomonlashgani qayd etilmoqda
Raqobat qo‘mitasi ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bo‘yicha noqonuniy reklama berayotganlarni ogohlantirdi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar hamda Telegram’da tashkil etilgan guruh va kanallar orqali ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, suvlarning tibbiyotda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni davolash va oldini olishda (profilaktikada) eng maqbul va samarali vosita ko‘rinishida targ‘ibot qilish kuchaymoqda.
Qo‘mita xabarida qayd etilishicha, bunda ushbu mahsulotlarning reklamasi “ming bir xastalikka davo” sifatida, “mo‘jizakor” ta’siri haqida iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq, bo‘rttiruvchi iboralar asosida joylashtirilishi, taniqli shaxslar va jamoat arboblari tomonidan mazkur mahsulotlarni tavsiya qilinishi, davolashda foydalanganliklari, ta’sir doirasi va terapevtik samaradorligi haqida fikrlar bildirilishi iste’molchilarning rejali (an’anaviy) davolashdan voz kechib, o‘z-o‘zini davolash usullarini keng qo‘llanilishiga, hattoki fojiali holatlarga sabab bo‘lmoqda.
Ayniqsa, reklama lavhalarida fuqarolarning diniy tuyg‘ularidan foydalangan holda dalil sifatida diniy blogerlarning suratlari, ular ishtirokidagi video va audio lavhalardan foydalanilib (muayyan bir savdo belgisi aniq gapirmagan bo‘lsa-da), davolash uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar berish orqali iste’molchilarda mahsulotlarga nisbatan bo‘lgan ishonchni sun’iy ravishda oshirilishiga va pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarilishiga olib kelmoqda.
“Achinarlisi, bunday mahsulotlarni diniy blogerlar tomonidan bevosita reklama qilinishi iste’molchilarni chalg‘itib, ularda ushbu mahsulotlarni dori vositasi va davolash xususiyatiga ega ekanligi haqida yanglish fikrlar shakllanishiga hamda ularni iste’mol qilinishiga undamoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga reklamalarga ishonib, aynan shu kabi mahsulotlarni sotib olgan, biroq ularni iste’moli natijasida sog‘lig‘i yanada yomonlashgani to‘g‘risida fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan, 2024 yilning o‘tgan davrida BFQlar bo‘yicha mingtaga yaqin murojaat ko‘rib chiqilib, iste’molchilarga 118 million so‘m moddiy zarar qoplanishi ta’minlangan.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasida ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasiga doir talablar belgilangan:
- ular dori vositalari hisoblanadi va (yoki) davolash xossalariga ega degan taassurotni uyg‘otmasligi;
- ularni qo‘llash natijasida odamlar davolangani, ularning ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan hollarga havolalarni o‘z ichiga olmasligi;
- ularning qo‘llanilganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik izhorini o‘z ichiga olmasligi;
- sog‘lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;
- ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning va oziq-ovqat qo‘shimchalarining tadqiqotlar o‘tkazilganligi, davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi faktlarga havolalar qilish, shuningdek boshqa tadqiqotlar natijalaridan ularni qo‘llash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalliklari haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;
- har bir holda reklama obyekti dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerakligi belgilangan.
Qonunning 47-moddasiga asosan, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasiga doir talablarni buzganlik — BHMning 30 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga asosan noaniqligi,bir xil ma’noli bo‘lmaganligi, bo‘rttirib yuborilishi, yashirib ketilishi, tarqatilish vaqti, joyi va usuliga nisbatan talablarning hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek jamiyat hamda davlat manfaatlariga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama ekanligi haqida eslatadi hamda bunday reklamani tarqatish qonunchilikka binoan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rossiyalik amaldor: “Migrantlar qonuniy va noqonuniy bo‘ladi. Bizga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi”