Reklama qonunchiligini buzgan 12 nafar bloger javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda reklama qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Ayni paytda 110 nafar blogerning sahifalarida joylashtirilayotgan reklama materiallari har kuni monitoring qilib borilmoqda.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 12 nafar bloger «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid reklama materiallarini joylashtirgani aniqlangan. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, endilikda taniqli qo‘shiqchilar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bilan bog‘liq chiqishlari ham muntazam monitoring qilinmoqda. Buning uchun keng jamoatchilikka tanilgan shaxslar ro‘yxati shakllantirilgan.
Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar, uni tayyorlovchilar va tarqatuvchilar, jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Reklama materiallari haqqoniy va ishonchli bo‘lishi, iste’molchilarni chalg‘itmasligi hamda mahsulot yoki xizmat haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otmasligi lozim.
Qo‘mita qonunchilik talablarini bilmaslik yoki ularga beparvo munosabatda bo‘lish javobgarlikdan ozod qilmasligini eslatdi.






























Izohlar 0
…