Toshkent metrosidagi insoniylik amerikalik sayyohni lol qoldirdi

O‘zbekiston mehmondo‘stligi va insoniy qadriyatlari bilan xorijlik sayyohlarni yana bir bor hayratda qoldirdi. Bu safar Toshkent metrosida sodir bo‘lgan oddiy, ammo ta’sirli voqea amerikalik sayyoh va uning oilasida unutilmas taassurot qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, metro vagonlaridan birida yigitlardan biri amerikalik sayyohning onasi tik turganini payqab, hech ikkilanmay o‘z o‘rnini unga bo‘shatib bergan. Ushbu samimiy harakat xorijlik mehmonning e’tiborini tortib, unda iliq taassurot uyg‘otgan.
Sayyoh mazkur voqeani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida baham ko‘rar ekan, O‘zbekistondagi odob va hurmat madaniyatiga yuksak baho berdi.
"Bu mamlakat meni har safar hayratda qoldiradi. Men va amerikalik oilam Toshkent metrosida ketayotganimizda, bir yaxshi inson onamning tik turganini ko‘rib, unga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Bunday holat bugungi kunda AQSHda juda kam uchraydi. Shunday manzaraga guvoh bo‘lish juda yoqimli", — deb yozdi u.






























Izohlar 0
…