Soliq qarzi sabab fermer xo‘jaligiga tegishli BYD avtomashinasi xatlandi

Soliq qarzi sabab fermer xo‘jaligiga tegishli BYD avtomashinasi xatlandi
Qisqacha

Do‘stlik tumanida soliq qarzdorligini belgilangan muddatda bartaraf etmagan fermer xo‘jaligiga tegishli BYD rusumli yengil avtomashina xatlovga olindi. Davlat ijrochilari avtomashinaga nisbatan tasarruf etish huquqini chekladi. Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, mol-mulkka nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan keyingi ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.

Byuroning Do‘stlik tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligi tomonidan sud hujjati talablari belgilangan muddatda bajarilmagani aniqlandi.

Ijro hujjatining o‘z vaqtida ta’minlanmagani munosabati bilan davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli qimmatbaho mol-mulk aniqlanib, BYD rusumli yengil avtomashina qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovga olindi.

Mazkur avtomashina qarzdorlikni qoplash va sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida xatlanib, unga nisbatan tasarruf etish huquqi cheklandi. Qarzdor tomonidan qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, mol-mulkka nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan keyingi ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar