Arab shayxidan o‘zbekistonlik ayolga qilingan sovg‘a tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda

Tarmoqlarda arab shayxi o‘zbekistonlik ayolga avtomobil sovg‘a qilgani haqida video tarqaldi. Unda “For my habibi” yozuvi bilan bezatilgan mashina ayolga taqdim etilayotgani aks etgan.
Kadrlardan ko‘rinishicha, sovg‘a ayol uchun kutilmagan bo‘lgan. U avtomobilni ko‘rib xursand bo‘ladi. Aynan shu holat videoning tez tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Hozircha rolikdagi arab shayxi kimligi, ayolning shaxsi va avtomobil sovg‘asi qaysi munosabat bilan berilgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa videoni faol muhokama qilmoqda. Ayrimlar voqeani haqiqiy sovg‘a sifatida qabul qilgan, boshqalar esa uni reklama yoki sahnalashtirilgan rolik bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…