O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 5 avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. U turli yillarda O‘zbekiston teleradiokomiteti, “Saodat” jurnali va “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida faoliyat yuritgan, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. Shoira “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulog‘i”, “Tongga qasam” va boshqa she’riy to‘plamlarni yaratgan.
O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 5 avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.
Sharifa Salimova 1951 yil 30 dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shoira turli yillarda O‘zbekiston teleradiokomiteti, “Saodat” jurnali hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida ham ishlagan.
U “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulog‘i”, “Tongga qasam”, “Giyohlar bilan tillashgan inson” va “Vatan suvrati” kabi she’riy to‘plamlarni yaratgan. Sharifa Salimova xorijiy va qo‘shni xalqlar shoirlari ijodidan ham o‘zbek tiliga tarjimalar qilgan.
Shoira 1994 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. E’tiborlisi, joriy yilning 28 may kuni unga “O‘zbekiston xalq shoiri” yuksak faxriy unvoni topshirilgan . Sharifa Salimovaga 2018 yil “Mehnat shuhrati” ordeni berilgan.
Uning “Qaddingni tik tut, ayol”, “Vatan”, “Davlatli sultonim mening”, “Qo‘rqitar”, “Achom-achom qilasiz” va boshqa she’rlari xonanda Yulduz Usmonova ijrosida qo‘shiq qilib kuylangan.
Janoza asr namozidan so‘ng Chig‘atoy masjidida o‘qiladi.






























Izohlar 0
…