O‘zbekistonlik usta motoblok va “Jiguli”dan yangi texnika yaratdi

O‘zbekistonlik usta motoblok va “Jiguli”dan yangi texnika yaratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda motoblok va eski “Jiguli” avtomobili qismlarini birlashtirib yasalgan o‘ziga xos qishloq xo‘jaligi texnikasi aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uni yaratgan hunarmand bu ixtiro dehqonlar uchun arzon va qulay yechim bo‘lishini ta’kidlab, buyurtma asosida boshqalarga ham tayyorlab berishini ma’lum qildi.

Videoda texnikaning old qismi odatiy ikki g‘ildirakli motoblokdan, orqa qismi esa “Jiguli”ning kuzovi va o‘rindiqlaridan yig‘ilganini ko‘rish mumkin. Mazkur konstruksiya qishloq sharoitida yuk tashish va dala ishlarini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Video muallifi ustaning mahoratini yuqori baholab, bu kabi ixtiro ko‘pchilikni hayratga solishini aytgan. Ixtirochi esa texnika amaliyotda o‘zini oqlaganini bildirib, qiziqish bildirganlar uchun shunday transport vositasini tayyorlab berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar