Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi. Hodisa tongda sodir bo‘lgan va xavfsizlik chorasi sifatida binodagi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.
22 avgust kuni soat 08:17 da Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sharof Rashidov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning tomida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar ortidan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, alangani bartaraf etish ishlarini boshlagan. Yong‘in vaqtida ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolar xavfsiz joyga chiqarilgan.
Yong‘in 09:35 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozircha hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.































Izohlar 0
…