Baliqchida savdo do‘konining shift va tomi yonib ketdi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida do‘konning shift va tom qismi zararlangan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27 noyabr kuni soat 21:53 da 112 tizimi orqali Baliqchi tumani Chinobod MFY, Chashma ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabardan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining shift va tom qismi yonib, zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…