Buxoroda mushukni avtomatdek silkitgan talaba o‘qishdan haydalishi mumkin (video)

Buxoroda talaba yigitning mushukni avtomat qurol kabi ushlab, silkitayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videodagi harakatlar foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, yigit Buxorodagi Osiyo xalqaro universitetining tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi. Universitet ma’muriyati talaba harakatlarini qoralab, uni o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanayotganini bildirgan.
Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinar ekan, Buxoro aholisi ham mas’ullardan vaziyatni o‘rganib chiqishni va talaba harakatlariga qonuniy baho berishni so‘ramoqda.
Hozircha talabaning o‘qishdan chetlatilgani yoki holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rasmiy qaror qabul qilingani haqida tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas.






























Izohlar 0
…