Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba 1 yil-u 4 oyga qamaldi

1 daqiqa o'qish2
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba 1 yil-u 4 oyga qamaldi

Janubiy Koreyada Suriyada faoliyat yurituvchi terrorchilik tashkilotini moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi 1 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga universitet qoshidagi til markazida tahsil olish uchun D-4-1 vizasi bilan kelgan. Mamlakatda talaba sifatida yashab yurgan vaqtida u BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti sifatida belgilangan «Katiba at-Tavhid val-Jihod» (KTJ) guruhi a’zosi bilan aloqaga kirishgan.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvaridan 2025 yil yanvarigacha u tashkilot a’zosi ko‘rsatgan hisob raqamlariga olti marta pul o‘tkazgan. Yuborilgan mablag‘ning umumiy miqdori 1,25 million vonni tashkil etgan.

Bundan tashqari, KTJ a’zosi undan Janubiy Koreyada yashovchi boshqa bir shaxs yuboradigan pulni qabul qilib, Suriyaga jo‘natishda yordam berishni so‘ragan. O‘zbekistonlik talaba bu topshiriqni bajarishga uringan, biroq pul unga yetib kelmagan va o‘tkazma amalga oshmagan.

Sud ayblanuvchining terrorchilik tashkilotini moliyalashtirayotganini bilgan holda pul yuborganini aniqlagan. Sudya bunday mablag‘lar tashkilot faoliyatini davom ettirishga xizmat qilishini, ularning miqdoridan qat’i nazar, terrorchilikni moliyalashtirish xalqaro tinchlik hamda davlat va jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlagan.

Jazo tayinlashda sudlanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lgani inobatga olingan. Unga 16 oy qamoq jazosi tayinlanishi bilan birga, 1,25 million von miqdoridagi mablag‘ni undirish haqida ham qaror chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, KTJ 2014 yil dekabr oyida tashkil etilgan ekstremistik guruh bo‘lib, BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti sifatida belgilangan. Guruh 2016 yilda Qirg‘izistondagi Xitoy elchixonasiga uyushtirilgan xudkushlik hujumi va 2017 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi metroda sodir etilgan portlashga aloqadorlikda ko‘rilgan.

Tashkilot a’zosi talaba bilan muloqotda o‘zini ham O‘zbekiston fuqarosi sifatida tanishtirgan. U KTJ Suriyada hukumat qo‘shinlari va Rossiyaga qarshi jang olib borayotganini aytgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?