Toshkentda bolalar daydi mushukning dumini yoqib yubordi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki nafar bola daydi mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. Ular mushukni yem solingan idish yordamida ko‘p qavatli uy yo‘lagiga olib kirib, dumiga o‘t qo‘ygan. Hodisa 11 noyabr kuni 19-mavzedagi 7-uyda sodir bo‘lgan.
Voqea paytida qo‘rqib ketgan mushuk qochishga uringan, ammo bolalar uni ta’qib qilishda davom etgan. Hozircha hayvonning qayerdaligi va ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.
Mahalliy aholi xabar berishicha, bolalar yem solingan idishni ham yoqib yuborgan. Bundan tashqari, ular uy yo‘lagidagi elektr simlariga ham o‘t qo‘yishga uringan.
Aholi profilaktika inspektoriga murojaat qilmoqchi bo‘lganida, uning kasallik ta’tilida ekani aytilgan. Arizani qabul qilish uchun boshqa xodim yo‘qligi ham bildirilgan.
Ayni paytda mahalliy aholi jabrlangan mushukni qidirmoqda. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlardan holatni tekshirishni, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning harakatlariga huquqiy baho berishni so‘ramoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…