“Divergent” filmidagi bosh qahramon qizning raqibasiga aytgan gapi bor. “Shu paytgacha siz divergentlarni ovladingiz. Biz jamiyatdagi boshqa oddiy odamlardan qaysidir qobiliyatimiz bilan ajralib turishimizni o‘zingizga xavf deb hisobladingiz. Jamiyatni boshqarish oson va xavfsiz bo‘lishi uchun hammani qoliplarga solish kerak dedingiz. Mana endi haqiqat oshkor bo‘ldi. Biz divergentlarning borligimiz aslida jamiyat tanazzuldan qutilishi va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun eng zarur narsa ekan. TUShUNING, MEN MUAMMO EMAS, MEN – YeChIMMAN! ”.
Men ham musulmonlarning potensiali ortishi, ularning safi va sifati ortishidan xavfsirayotgan odamlarga shu gapni aytaman!
Ko‘rmagan Allohiga va borib ko‘rib kelmagan jannat-u do‘zaxiga zarracha shak-shubhasiz ishonadigan, jilla qursa tushiga ham kirmagan oxiratning dahshatidan rostmana qo‘rqadigan “g‘alati” dindorlardan xavfsirayotgan odamlarga aytaman!
Dunyodagi yetti yot begona insonlarni global zulm-u ko‘rinmas qullik zanjirlaridan qutqarish yo‘lida moli-yu jonini fido qilib yuborishga tayyor bo‘lgan ajib aqiydadagi dindorlarni o‘ziga tahdid deb biladigan odamlarga shu gapni aytaman!
BIZ DINDORLAR MUAMMO SABABChISI EMASMIZ, ASLIDA BIZ MUAMMOLARNING YeChIMIMIZ!!!
Bizga yordam berolmasangiz, bizga xalal bermang!
O‘z tashvishlaringizdan ortib boshqalarni o‘ylolmasangiz, hech bo‘lmasa shunga intilayotganlarga qarshi chiqmang!
Bizning saflarimiz radikallashib, samimiy orzular vayronakor g‘araz tarafga o‘zgarib ketishidan qo‘rqayapsizmi? O‘z safimizni o‘zimiz isloh qilib olib, oyoqqa turishimizga yordam bering, yoki shunchaki shunga qo‘yib bering. Bu ummat o‘zining ichidagi muamolarini o‘zi hal qilib olishga qodir!
Ha, musulmonlar ko‘pi aslida o‘zining lokomotiv ummat ekanligini, dunyoni isloh qilish va oldinga tortish missiyasi bilan chiqarilgan ummat ekanligini bilmaydi yoki tushunmaydi. Tushunganlari ham ishni nimadan boshlashni aniq bilmaydi. Lekin uyg‘otilsa, yo‘l ko‘rsatilsa, shu isrof-u behudaga ketayotgan kuchini asl missiyasini bajarishga qaratish mumkinligini ko‘ra olsa, ana shunda uning ichida yashirinib yotgan imkoniyatlari shubhasiz yuzaga chiqadi.
Dunyo shundog‘am katta zulm-u sitamga to‘lgan. O‘rmon qonuni borgan sari yoyilmoqda. Eng zo‘r kashfiyot-u ilm-fan yutuqlari axiyri borib insonni tubanlashtirish yo‘lida ishlatila boshlayapti. Buni to‘xtatish uchun dindorlardan boshqa hech kim jon koyitmasligi bizga kunday ravshan. Biz bu vazifani yo‘q joydan o‘ylab topib, bo‘ynimizga bo‘yinturuq qilib olganimiz yo‘q! Qaysi ahmoq og‘rimagan boshiga tashvish sotib oladi, sal o‘ylab ko‘ring! Biz bu yo‘lni basiyratan tanlab oldik! Ilm, iymonu vijdonimiz bilan anglab turib shu mashaqqatli yo‘lga rozi bo‘ldik!
Tanlagan yo‘lingning ko‘lami va mas’uliyatidan o‘zingni ham ba’zan vahima bosayotgan bo‘lsa, demak, rostmana ishning boshini ushlabsan, degan gap bor. Stiv Jobs aytganidek, “dunyoni o‘zgartira olaman, deb faqatgina tentaklar o‘ylashi mumkin. Shuning uchun ham dadil tentaklargina dunyoni rostakamiga o‘zgartiradi!”
Bizning bir parcha matoni boshiga o‘rab, ko‘ksini to‘sib yurish masalasiga shunchalik jiddiy munosabatda bo‘lishimiz kimningdir ko‘ziga tentaklik bo‘lib ko‘rinayotgandir. Lekin shunchaki tushuning, biz nima qilayotganimizni juda yaxshi bilamiz va bu narsaning muhimligini ham butun vujudimiz bilan his qilamiz. Bu kabi farzlarga amalsiz Islom sivilizatsiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarolmaydi.
“Diniy fonni normallashtirish” kabi atay qog‘ozga o‘ralgan shior ostida diniy siyosat vektorini yo‘naltirib turganlarga va bilib-bilmay arzimas chaqalar evaziga bu insofsiz siyosatga kosov bo‘lib xizmat qilayotgan faollaru davlat vakillariga aytaman: Dindorlarning dinga amal qilishiga to‘siq bo‘lish — bu destruktiv narsa. Bundan ikkala tomon yutqazadi. Sizning kuchingiz, pulingiz, asabingiz va vaqtingiz bekorga sarf bo‘lgani qoladi. Bizning ko‘proq savob ish qilish, ilmu kasb orttirib odamlar og‘irini yengil qilish, tashvishimiz u yoqda qolib, elementar huquqlarimizni talashib, idorama-idora sarson bo‘lganimiz qoladi. Undan ko‘ra Islom dinini va dindorlarning ichki energiyasini foydali ishlarga yo‘naltirishga yordam bering! Jamiyatimizdagi (va dunyodagi) muammolarni hal qilish yo‘lida hamkorlik qiling! Shunda ikkala tomon yutadi. Radikalizm-u ekstremizm, degan uchuqtoshar bosh og‘riqlar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Mana, dindorlarga eng ko‘p tazyiq-u zulm o‘tkazgan odamlar aslida eng katta o‘g‘rilar, eng katta banditlar ekanligi oshkor bo‘ldiku. (Prokuroru tergovchilardagi “kallaxo‘r”, “antibiotik” kabi banditskiy klichkalar bekorga emas.) O‘sha “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostida katta-yu kichikni dindorlarga qarshi qayraganlar aslida mamlakatni oto‘yin qilib tashlagan asl xalq dushmani — marazlar bo‘lib chiqdi-ku. Biz dindorlarni asl xalq fidoyilari deb qabul qiling va bizga yordam bering, taxlanib ketgan muammolarni birga hal qilaylik, deb taklif qilaman. Vassalom.
Azamat Andreyev
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi