00:30 / 22.12.2018
4 584

Jazoni ijro etish muassasalarida taqiqlangan narsalar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritiladi

Jazoni ijro etish muassasalarida taqiqlangan narsalar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ichki ishlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarining 4-ilovasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarining 4-ilovasi - Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritishi mumkin.

Amaldagi tahrirga ko‘ra: taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning ro‘yxati - 1. Iste’mol qilinishi isitish va pishirishni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari. ... 6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar.

Taklif etilayotgan tahrirda: 1. Iste’mol qilinishi isitish va pishirishni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari. ... 6. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar.

Ma’lumot uchun taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning amaldagi ro‘yxati quyidagicha:

1. Iste’mol qilinishi isitish va pishirishni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
2. Barcha turdagi o‘qotar va sovuq qurollar, shuningdek o‘q-dorilar.
3. Pullar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, durlar va ulardan yasalgan buyumlar, soatlar va boshqa qimmatliklar.
4. Optik asboblar, ko‘zoynak bundan mustasno.
5. Alkogol mahsulotlar, shuningdek tarkibida spirt bo‘lgan atir va boshqa mahsulotlar.
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar.
7. Barcha turdagi foto, audio va videoapparaturalar, radioapparatura, kompyuter texnikasi, yozuv mashinkasi hamda nusxa ko‘chirish, aloqa va texnika vositalari, shuningdek ularga taalluqli qismlar.
8. Pichoqlar, qaychilar, ustaralar, elektrli soqol olish uskunasi bundan mustasno, shuningdek boshqa barcha turdagi sanchuvchi va kesuvchi hamda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli, jinoyat quroli sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar.
9. O‘yin kartasi.
10. Pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan nashrlar, materiallar va adabiyotlar.
11. Topografik xarita va kompas.
12. Harbiy va boshqa xil forma kiyimlari hamda ularning jihozlari, shuningdek fuqarolik kiyimi va poyabzali.
13. Rangli qalamlar, bo‘yoqlar va nusxa ko‘chiradigan qog‘ozlar (kopirka).
14. Musiqa asboblari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jazoni ijro etish muassasalarida taqiqlangan narsalar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritiladi