date
views 2 938

500 kishining pulini o‘zlashtirgan elektron piramida yaratuvchisi jazoga tortildi (video)

500 kishining pulini o‘zlashtirgan elektron piramida yaratuvchisi jazoga tortildi (video)
«Elektron gashtak» o‘yinini yaratib, u orqali moliyaviy piramida hosil qilgan Norqul Rahmatov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, u virtual o‘yinning har bir ishtirokchisiga 600 ming so‘m va’da qilgan. Shuningdek, do‘stlarini ham shu guruhga jalb qilganlarga bonuslar taqdim etgan. Ishtirokchilar o‘yinning keyingi bosqichiga o‘tib, yana ham ko‘proq pul ishlagan. Uning virtual o‘yinini 7 ming kishi o‘ynagan.

Aybdor 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va EKOIHning 100 barobar miqdorida jarimaga tortildi.
«Bundan tashqari sud uni yetkazilgan zararni to‘lashga majbur qildi», — deydi sudya G‘ayrat Negmatov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 500 kishining pulini o‘zlashtirgan elektron piramida yaratuvchisi jazoga tortildi (video)