Farg‘onada xayriya uchun yig‘ilgan 76 million so‘m totalizatorga tikildi

1 daqiqa o'qish94
Farg‘onada xayriya uchun yig‘ilgan 76 million so‘m totalizatorga tikildi

Farg‘ona viloyatida og‘ir xastalikka chalingan bemorlar uchun yig‘ilgan xayriya mablag‘larini o‘zlashtirgan 19 yoshli yigit ushlandi. U o‘zlashtirgan pullarning 76 million so‘mini onlayn totalizatorga tikib, yutqazganini aytgan. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2007 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan yigit avval O‘zbekistonda kriptoaktivlar savdosi bilan bog‘liq qonunchilik talablarini muntazam ravishda buzib kelgani aniqlangan. Uning noqonuniy ravishda aylantirgan kriptoaktivlari qiymati 408 ming AQSH dollaridan, milliy valyutada esa 4 milliard 894 million 152 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan.

Keyingi surishtiruvlarda u ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir xastalikka chalingan insonlar uchun xayriya mablag‘lari yig‘ilayotganini kuzatgani aniqlangan. Shundan so‘ng Instagram'dagi bloger nomidan Telegram'da soxta akkaunt ochib, bemorlarning yaqinlariga murojaat qilgan.

Gumonlanuvchi ulardan kartaga qancha mablag‘ yig‘ilganini so‘rab, pullarni vaqtincha o‘z kartasiga o‘tkazishni va keyinchalik naqd shaklda qaytarib berishni va’da qilgan. Shu yo‘l bilan u qariyb 43 million so‘mni o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, bemorning tanishi bo‘lgan Paynet shoxobchasi xodimidan ham 30 million so‘mdan ortiq mablag‘ni xuddi shu usulda olgan.

Uning aytishicha, o‘zlashtirilgan pullarning barchasini onlayn totalizator hisobiga kiritgan va jami 76 million so‘mni tikib, yutqazgan.

Mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” va “v” bandlari (firibgarlik), shuningdek, 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?