23:47 / 29.11.2019
6 729

Idishlar to‘plami orasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Idishlar to‘plami orasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi
Yurtimizga zargarlik buyumlarini turli yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bojxonachilar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro K.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning nayrangi fosh bo‘ldi. Ya’ni ushbu shaxs bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida 3 kilogramm zargarlik buyumlarini idishlar to‘plami orasiga yashirib olib kelayotgani fosh bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Idishlar to‘plami orasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi