23:15 / 26.03.2020
3 864

O‘zbekistonda «dostavka» xizmati bilan vaqtincha litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda «dostavka» xizmati bilan vaqtincha litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda tibbiyot va harbiy oliy o‘quv yurtlari talabalaridan iborat ko‘ngillilar jamoalari tuziladi. Bu masalaga Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida to‘xtalib o‘tildi.

Ushbu jamoalar tomonidan karantin davrida yolg‘iz keksalar, boquvchisi yo‘q oilalarga hamda olis hududlarga oziq-ovqat, gigiyena va dori vositalari yetkazib berishni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha yengilliklar doirasida aholiga tovarlarni yetkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi vaqtincha bekor qilinishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «dostavka» xizmati bilan vaqtincha litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi