O‘zbekistonda qamoqda turib ham onlayn “dostavka” qilish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda qamoqda turib ham onlayn “dostavka” qilish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda mahkumlar va ularning yaqinlari uchun oziq-ovqat hamda ruxsat etilgan buyumlarni onlayn buyurtma qilish imkoniyati yaratilishi mumkin. Yangi tartib hozircha loyiha sifatida taklif qilinmoqda.

Taklifga ko‘ra, mahkumning o‘zi yoki uning yaqinlari kerakli mahsulotlarni bir necha usul orqali buyurtma qilishi mumkin:

infokiosk orqali;

maxsus veb-sayt orqali;

mobil ilova yordamida.

Bunda faqat jazoni ijro etish muassasalariga olib kirishga ruxsat etilgan oziq-ovqat va boshqa buyumlar buyurtma qilinishi mumkin.

Yangi tizim joriy etilsa, mahkumlarning qarindoshlari kerakli mahsulotlarni masofadan turib buyurtma qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa buyumlarni yetkazish jarayonini tartibliroq va qulayroq tashkil etishga xizmat qilishi mumkin. Biroq hozircha bu amaldagi tartib emas, balki taklif etilayotgan loyiha hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar