14:00 / 29.08.2020
2 282

Videodarslar uchta telekanal orqali doimiy efirga uzatiladi

Videodarslar uchta telekanal orqali doimiy efirga uzatiladi
Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlariga maktablarni sanitar talablarga muvofiq, birlamchi vositalar bilan to‘liq ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Sanitariya xizmati markazlari 5 sentabrga qadar o‘z hududidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tadi. Bundan maqsad – maktablarga amaliy yordam ko‘rsatib, ota-onalarning ko‘nglini xotirjam qilishdir.

Mahalliy xalq deputatlari kengashlari o‘z tumanidagi epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Videodarslarni sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish, 3 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Videodarslar uchta telekanal orqali doimiy efirga uzatiladi