
Bojxona organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan poyezd tarkibi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, tarkibdagi yengil avtomobil tashishga ixtisoslashgan vagonning ikkinchi qavatining xufiya joylarida 2 dona “Smith & Wesson” yozuvli pistolet magazini,
13 dona 9 mm. kalibrli «luger win» yozuvli, tashqi ko‘rinishidan jangovor patronlar, 1 dona 9 mm. kalibrli “wiss 10” yozuvli jangovor patron va 5 dona 9 mm. kalibrli “luger sig” yozuvli travmatik patronlar, shuningdek, ushbu ashyolar topilgan joydan 2-3 metr uzoqlikdagi boshqa bir bo‘shliqda 1 dona lazerli nishonga olish moslamasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar