Toshkent viloyatida rahbarlik lavozimi uchun 9 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni rahbarlik lavozimiga tayinlashda yordam berishni va’da qilgan shaxs 9 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, 1979 yilda tug‘ilgan A.A. yuqori turuvchi tashkilotlardagi yaqin tanishlari orqali viloyatning tumanlaridan biridagi tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimiga fuqaroni tayinlashga yordam berishini aytgan. Buning evaziga u pul talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida A.A. va’da qilingan yordam uchun 9 ming dollarni olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
- #Davlat xavfsizlik xizmati
- #Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
- #Toshkent viloyati
- #Korrupsiya
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…