Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida brigada generali Dyuk Pirak O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashgan.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasi va harbiy hamkorlikning holati, uning istiqbollari muhokama etilgan.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
«Tashrifning keyingi kunlarida delegatsiya a’zolarini Samarqand shahrida joylashgan kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, tarixiy shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi