13:48 / 13.10.2021
2 548

Shavkat Mirziyoyev: «Tolibon» rahbariyati bilan muzokaralar olib borib to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev: «Tolibon» rahbariyati bilan muzokaralar olib borib to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz ma’lum bo‘ldi
Navoiydagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zLiDep matbuot xizmati.

«Afg‘onistondagi vaziyatni hammamiz ko‘rib turibmiz. Qo‘shni tanlanmaydi-ku, qo‘shnimizda vaziyat yomon deb qayergadir ko‘chib keta olmaymiz-ku. Bundan 2 yil avval men ‘Tolibon’ rahbariyati bilan muzokaralar olib borganimda hamma hayron bo‘lgandi. Lekin bugungi kunga kelib to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz ma’lum bo‘ldi. Men tinchlik bo‘lishi uchun, jafokash afg‘on xalqiga ham yengillik bo‘lishi uchun avvalgi rahbariyati bilan bir yilda olti martalab uchrashdim, gaplashdim.

Albatta, hamma davlat rahbari birinchi navbatda o‘z davlati haqida o‘ylaydi. Men ham birinchi navbatda o‘z xalqimni o‘ylashga majburman, menga kafolatlangan tinchlik kerak! Birorta o‘q otilmaydigan, barcha masalalar muzokaralar bilan hal bo‘ladigan tizim kerak.

Shu bilan birga, mudofaa tizimimizni isloh qilishda davom etamiz. Yaqin tarixni eslaylik, tank qismlaridagi askarlar tank minishmasdi, askarlar kartoshka tozalashardi. Bu sohada ham jiddiy islohotlar o‘tkazdik. Harbiylarimiz 42 davlat harbiylari o‘rtasidagi musobaqada 2-o‘rinni olgani ham bejiz emas
», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgandi: «Bizning yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin».

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Afg‘onistondagi vaziyat, «Tolibon» bilan olib borilayotgan muloqot haqida ham to‘xtalib o‘tgandi. «Menga xalqimning tinchligi kerak, osoyishtaligi kerak. Faqat va faqat o‘zbek xalqimning, jonajon O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, muloqotga kirishishga tayyorman», — degan edi o‘shanda Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Tolibon» rahbariyati bilan muzokaralar olib borib to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz ma’lum bo‘ldi