Yulduz Usmonovaning konsertida kutilmagan holat yuz berdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 4 iyun kuni Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan konserti keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, konsert dasturini tomosha qilish uchun yuz minglab muxlislar yig‘ilgan.
Ayrim manbalarda aytilishicha, mazkur konsertga 400 ming nafarga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan. Tarqalayotgan videolarda konsert maydoni va uning atrofida juda katta odamlar oqimini ko‘rish mumkin. Mazkur raqam hozircha rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, konsert mamlakatdagi eng ko‘p muxlis to‘plagan tadbirlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Videoda Namanganda bo‘lib o‘tgan konsertdan lavhalar aks etgan. Kadrlarda maydonni to‘ldirgan minglab muxlislar hamda bayramona muhitni ko‘rish mumkin.





























Izohlar 0
…