Abbosxo‘ja Akramov uchinchi bor ota bo‘ldi (video)

Aktyor va bloger Abbosxo‘ja Akramov uchinchi marta ota bo‘ldi. U bu xushxabarni o‘zining Instagram sahifasida video post orqali muxlislariga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkorning oilasida avval ikki nafar qiz farzand bo‘lgan, endi esa ular o‘g‘il farzand bilan quvonchga to‘lishdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Ibrohim deb ism qo‘yilgan.
Abbosxo‘ja Akramov o‘z postida samimiy so‘zlar bilan quvonchini izhor qilib, duolarining ijobat bo‘lganini ta’kidlagan. U o‘g‘il farzand so‘raganini, Allohdan sog‘lom farzand nasib etishini iltijo qilganini aytgan.
“Qiz yoki o‘g‘il farqi yo‘q, eng muhimi sog‘lom bo‘lishi. Lekin ikki qizdan keyin o‘g‘il farzand so‘ragandim, Alloh meni duoyimni ijobat qildi. Ismini Ibrohim deb qo‘ydik, tushda ayon bo‘lgani uchun shu ismni tanladik,” deya yozgan aktyor.
Izohlarda muxlislar va yaqinlari uni tabriklab, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa sog‘lik, baxt va uzoq umr tilashmoqda.





























Izohlar 0
…