Hosila Rahimovaning bolalar zo‘ravonligiga qarshi mavzudagi chiqishi tarmoqlarda e’tibor qozondi! (video)

Xonanda Hosila Rahimova yangi taronasi va sahna ko‘rinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. San’atkor bu safar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusiga murojaat qilib, jamiyatdagi dolzarb masalalardan birini ijodi orqali yoritishga harakat qildi.
Qo‘shiq bilan birga namoyish etilgan sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi. Unda bolalar huquqlari, ularning ruhiy holati va zo‘ravonlik oqibatlariga alohida urg‘u berilgan.
Muxlislarning fikricha, Hosila Rahimovaning bunday mavzuni tanlagani kutilmagan bo‘ldi. Ko‘pchilik san’atkorning faqat ko‘ngilochar emas, balki tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularga ham e’tibor qaratayotganini olqishlamoqda.





























Izohlar 0
…