“Bolang baribir o‘ladi deb qaytarib berishgan”- Bahora Arslonovaning ko‘z yoshli xotirasi

“Bolang baribir o‘ladi deb qaytarib berishgan”- Bahora Arslonovaning ko‘z yoshli xotirasi

Bahora Arslonova intervyularidan birida hayotida boshidan o‘tgan eng og‘ir sinovlardan biri haqida ochiq gapirdi. U farzandining sog‘lig‘i bilan bog‘liq qiyin kunlarni eslab, bu holat ona uchun juda katta og‘riq bo‘lganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lini tez yordam bilan shifoxonaga olib borishganida, bolani qabul qilishmagan va “baribir o‘ladi” degan gaplar bilan qaytarib yuborishgan. Shundan so‘ng onasi unga bildirmasdan bolani Zangiotaga olib borgan.

Bahora Arslonova o‘sha paytda to‘y xizmatida bo‘lganini aytdi. To‘y tugagach, onasiga qo‘ng‘iroq qilganida, o‘g‘li reanimatsiyada ekanini eshitib, hushidan ketgandek yiqilib tushganini esladi.

“Bolam, o‘g‘ling reanimatsiyada, hali chiqqani yo‘q”, degan gapni eshitganimda yiqilib tushdim. Bu ona uchun juda og‘ir og‘riq”, — dedi u.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

“Bolang baribir o‘ladi deb qaytarib berishgan”- Bahora Arslonovaning ko‘z yoshli xotirasi – Zamin.uz, 07.06.2026