Yulduz Usmonovaning ko‘pchilik bilmaydigan ajoyib odatlaridan biri

Yulduz Usmonovaning ko‘pchilik bilmaydigan ajoyib odatlaridan biri

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi. Unda xonandaning ko‘pchilik bilmaydigan odatlaridan biri haqida so‘z boradi.

Videoda aytilishicha, san’atkorning yaqinlari yaxshi biladigan odatlaridan biri — dasturxon atrofida uzoq o‘tirishni yoqtirmasligidir. Xususan, qorni to‘ygach, u tezroq uyiga qaytish istagi paydo bo‘lishini aytgan.

“Qornim to‘ygandan keyin uyga tezroq ketgim kelib o‘tiradi. Ishimni qilay deyman-da”, — deya kulib izoh bergan Yulduz Usmonova.

Shuningdek, xonanda bu fikrini davom ettirib, “Qorin to‘ygandan keyin nima gaplashiladi, uyga borish kerak-da”, deya hazil aralash qo‘shimcha qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Yulduz Usmonovaning ko‘pchilik bilmaydigan ajoyib odatlaridan biri – Zamin.uz, 07.06.2026