date

“O‘rgimchak odam 4” yangi filmida qo‘rqinchli dushman namoyon bo‘ladi

“O‘rgimchak odam 4” yangi filmida qo‘rqinchli dushman namoyon bo‘ladi

Marvel kinostudiyasi va “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmining ijodkorlari MCU muxlislari uchun kutilmagan yangilik tayyorladi. Kartinanada yangi antagonist sahnada paydo bo‘lishi ma’lum qilindi, deb yozadi Peopletalk.

Yangi filmda Mavrin Jons III asosiy qahramon Tom Xollandga raqib sifatida namoyon bo‘ladi. U “Go‘rkov” nomli personajni ijro etadi. Aktyor avvalroq "O‘rgimchak odam: Olamlar aro" animatsion filmida ham ushbu qahramonga ovoz bergan edi.

Komikslarda “Go‘rkov” Nyu-Yorkdagi jinoyat olamining yetakchilaridan biri sifatida va Piter Parkerning kurashidagi raqib sifatida tanilgan. Shuningdek, u "O‘rgimchak odam: Koinotdan tashqarida" animatsion filmida ham namoyon bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, do‘stona qo‘shni o‘rgimchak haqidagi yangi film ishlab chiqarilishi 2025 yil avgust oyida boshlangan. Loyihaga yana Tom Xolland (O‘rgimchak odam), Zendaya (Meri Jeyn) va Jeykob Batalon (Ned) qaytib kelmoqda. Yana bir qiziqarli yangilik — yangi filmda “Yashil goblin” rolini kim ijro etishi mumkinligi haqida internetda turli mish-mishlar tarqalgan. Shuningdek, Mark Ruffalo Xalk sifatida franchayzingning davomida yanada tahlikali qiyofada ko‘rinishi mumkinligi ham muhokama qilinmoqda.

Kartinani Destin Deniyel Kretton boshqarmoqda. Ssenariy mualliflari esa tajribali duyet — Kris Makkenna va Erik Sommers. Film 2026 yil 31 iyul kuni jahon prokatiga chiqishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘rgimchak odam 4” yangi filmida qo‘rqinchli dushman namoyon bo‘ladi