Yangi turmush qurgan Tom Holland va Zendaya yana bir filmda!

Londonda "O'rgimchak odam: Yangi kun" filmining premerasi bo'lib o'tdi va unda bosh rol ijrochilari Tom Holland hamda Zendaya birga qatnashdi. Yangi turmush qurgan aktyorlar tez orada Kristofer Nolanning "Odisseya" loyihasida ham birgalikda namoyon bo'lishadi. Zendaya turmush o'rtog'i bilan bir maydonchada ishlash unga noqulaylik tug'dirmasligini, chunki Tom uning eng yaqin do'sti ekanini aytdi.
Londonda "O‘rgimchak odam: Yangi kun" filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Marosimda bosh rol ijrochilari Tom Holland va Zendaya birga qatnashdi. Turmush qurgan aktyorlar tez orada Kristofer Nolanning "Odisseya" loyihasida ham birgalikda namoyon bo‘ladi.
Zendaya turmush o‘rtog‘i bilan bir maydonchada ishlash jarayoni haqida so‘zlab, bu holat unga noqulaylik tug‘dirmasligini aytdi. Uning fikricha, Tom Holland nafaqat turmush o‘rtog‘i, balki eng yaqin do‘sti ham ekani sabab ishlash oson kechadi.
Filmda Holland Piter Parker obraziga qaytgan, Zendaya esa Em-Jey rolini ijro etgan. Aktrisa premera uchun o‘rgimchak to‘ri uslubida bezatilgan libos tanladi. U ekrandagi loyiha mavzusini tashqi ko‘rinishi orqali ham ko‘rsatishni xush ko‘rishini ta’kidladi.
Tom Holland O‘rgimchak odamni 2016 yildan beri o‘ynab kelayotganini esladi. U yangi film mazkur obrazdagi oxirgi ishi bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolni ochiq qoldirdi.
Shu bilan birga, aktyor keyinchalik ham "Marvel" kinomakondagi boshqa qahramonlar bilan bog‘liq filmlarda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.































Izohlar 0
…